2015-yil 1-iyul kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida (harbiy OTMlardan tashqari) 2015—2016-o‘quv yili uchun magistratura yo‘nalishlariga qabul komissiyalari ish boshladi, deb xabar bermoqda “Xushnudbek.uz”.
Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi. Joriy yilda 68 ta OTMlarga 5 ming nafar magistr talabalar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
- 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- 086-U — shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-iyuldagi №206-sonli qaroriga asosan, “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur OTM magistraturasiga qabul aynan o‘sha Nizomga asosan olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yildagi qabul jarayonlariga bag‘ishlab, “Daryo” internet-nashri va “Xushnudbek.uz” saytlari hamkorlikda maxsus “Abituriyent—2015” loyihasini tashkil etdi. Bunda qabul komissiyasi faoliyati bilan bog‘liq yangiliklar, ma’lumotlar, bo‘lajak talabalarga maslahat va tushuntirishlar berib boriladi.
Izoh (0)