Rossiyaning Tojikistondagi 201-bazasining uch nafar harbiy xizmatchisi Vaxsh daryosida cho‘kib ketdi, deb xabar beradi Meduza Xatlon viloyati qutqaruv xizmati ma’lumotiga tayanib.
Harbiy xizmatchilar Dushanbedan 100 kilometr masofada joylashgan “Sambuli” poligonida mashq o‘tayotgan edi. Qutqaruv xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ular 29-iyun kuni cho‘kib ketgan.
O‘z navbatida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, “suv to‘siqlarini yengib o‘tish bo‘yicha mashqlarni bajarish davomida” uch nafar harbiy xizmatchi kuchli oqimli daryoga qulab ketgan.
Voqea joyiga Markaziy harbiy okrug komissiyasi yuborildi. Qidiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)