Astraxanlik yetti yoshli Alina Abdurazakova Bolgariyada bo‘lib o‘tgan “Kichik dunyo go‘zali 2015” tanlovi g‘olibasiga aylandi, deb xabar bermoqda “Argumenti i fakti”.
Rossiyalik qizcha bilan AQSh, Germaniya, Estoniya, Vengriya, Nepal, Turkiya, Latviya, Braziliya, Albaniya, JAR, Slovakiya va boshqa davlatlardan kelgan 50 dan ortiq ishtirokchi bellashdi.
Hakamlar qizchalarni tashqi go‘zallikdan tashqari iste’dodiga ham qarab baholadi. Ular qo‘shiq kuylab, raqsga tushdi, modalar namoyishi o‘tkazdi, shuningdek ingliz tilini bilishi ham sinovdan o‘tkazildi.
Izoh (0)