Liberiya Sog‘liqni saqlash vazirligi olti hafta davomida birinchi marta Ebola bezgagi bilan kasallanish holatini qayd etdi. Vafot etgan 17 yoshli o‘smirda ushbu virus aniqlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Idora boshlig‘i o‘rinbosari Tolbert Nyensvaning so‘zlariga qaraganda, shifokorlar bezgak qurbonining o‘limidan oldin, oxirgi kunlarida qayerlarda bo‘lganligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Nyensva liberiyaliklarni ehtiyot bo‘lishga undadi.
Izoh (0)