Avstraliya olimlari umurtqalilar orasida eng chuqur uya qazuvchilar – bu Varanus panopter ekanligini aniqladi. Ushbu kaltakesak turi chuqurligi 3,6 metrga yetuvchi spiralsimon uya qazishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi New Scientist.
Shon Dudi va uning hamkasblari G‘arbiy Avstraliyaning shimolidagi Kimberli okrugida ushbu g‘aroyib uyalarni Varanus panopter kaltakesagi tarqalgan hududda uchratdi. Biologlar 52 ta uyaning chuqurligi, harorati va namligini o‘lchadi. Aniqlanishicha, dunyo bo‘yicha faqatgina shu turdagi echkemarlar eng chuqur spiralsimon uyalarni qazishga qodir.
Chuqurlik kaltakesaklar tuxum qo‘yuvchi maxsus joy bilan tugaydi. U yerdagi harorat deyarli o‘zgarmaydi, bu esa echkemar embrionlarining o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi. Olimlarning ta’kidlashicha, quruqlikka qarshi kurashish ehtiyoji ularni shunday chuqurlikdagi uyalarni qazishga undaydi.
Izoh (0)