Amerikaning Jorjiya shtati fuqarosi Ford Flex katafalkini undagi murdasi bilan olib qochdi, deb xabar beradi Atlanta Journal Constitution.
Hodisa 28-iyun, yakshanba kuni tongda Atlantadagi Greydi kasalxonasi morgining xodimlari Villi A. Uotkinson bo‘lgan tobutni avtomashinaga yuklagandan so‘ng yuz berdi.
Noma’lum erkak katafalkning ruliga o‘tirib, kasalxonadan qochib ketmoqchi bo‘ldi. Biroq u morg darvozasiga borib urildi. Shundan keyin o‘g‘irlab ketuvchi zarar ko‘rgan mashinadan tushib, voqea joyidan qochib ketdi. Aniqlanishicha, keyinroq u qo‘shni tumandan Ford Explorer avtomashinasini olib qochgan.
Biroz vaqtdan so‘ng, politsiya jinoyatchini topishga muvaffaq bo‘ldi va u qamoqqa olindi.
Izoh (0)