Tailandda rossiyalik sayyoh do‘pposlandi, yetkazilgan shikastlanishlar oqibatida u halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Vesti” Rossiyaning Bangkokdagi elchixonasi konsullik bo‘limi boshlig‘i Vladimir Sosnovning ma’lumotlariga asoslanib.
Sayyoh mehmonxona xizmatchisi tomonidan u bir oyga band qilgan xonasining eshigi yaqinida topildi. Mehmonxonadagilarning ta’kidlashicha, rossiyalik sayyoh ikki kundan so‘ng uyiga qaytmoqchi bo‘lgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari uni kasalxonaga yetkazdi, biroq shifokorlar uni qutqara olmadi. Rossiyalik sayyohning tanasida ko‘plab gematomalar aniqlandi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, u ichki qon quyilishi natijasida vafot etdi.
Izoh (0)