Avstriya Tashqi ishlar vazirligi 39 million yevroni tejash maqsadida 2018-yilga kelib, Boltiqbo‘yi davlatlari va Maltadagi elchixonalarini yopishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kursning so‘zlariga qaraganda, ularning o‘rnini “strategik jihatdan muhimroq davlatlar”dagi diplomatik vakolatxonalar egallaydi. Bu Ukraina muammosi yoki qochoqlar muammosi bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.
Islohotlar dasturiga asosan Avstriya Belarus, Moldaviya yoki Gruziyada elchixonalar ochishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)