Kolumbiyalik jarrohlar 19 yoshli yigitning orqasida qolib ketgan pichoq tig‘ini olib tashladi, deb xabar beradi El Heraldo.
Jonni Junior Pacheko Molinares bir oy davomida orqasida begona jism borligini payqamagan. Yigit mushtlashuv chog‘ida yaralangan bo‘lib, nafas olishi bilan bog‘liq muammolar boshlanishiga qadar hech qanday noqulaylik his qilmagan.
25-iyun, payshanba kuni u Soledad shahridagi shifoxonaga murojaat qildi. Uning rentgen natijalarini ko‘zdan kechirgan shifokorlar yigitning orqa qismida sinib qolgan 14 santimetrli pichoq tig‘ining qolib ketganini aniqladi. Operatsiya davomida pichoq tig‘i olib tashlandi.
Jarrohlik amaliyotidan bir soat o‘tgach, yigit uyiga yo‘l oldi.
Izoh (0)