Yaponiyaning Sukoku orolidagi Dzentsudzi shahrining qishloq xo‘jaligi kooperativi do‘konlarga kvadrat tarvuzlarning bu yilgi hosilining ilk partiyasini (250 ta tarvuz) jo‘natishni boshladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Kvadrat tarvuzlar fermerlarning o‘ziga xos asari hisoblanadi. Ularning shakli tashish uchun qulayligi ta’kidlanadi, biroq mahsulotning ko‘rinishini saqlab qolish oson emas — hosilning 20—30 foizi yoriqlar va yetgan ziyon tufayli yaroqsiz sifatida qayd etiladi. Har tarafi 18 santimetrdan bo‘lgan kub shaklidagi tarvuzlarni yetishtirish 30 yil oldin yo‘lga qo‘yilgan.“Bunday ko‘rinishdagi tarvuz Dzentsudzi shahrining o‘z mahsuloti hisoblanadi va nafaqat Yaponiyadagi supermarketlar rastalariga bezak sifatida katta talabga ega, balki Kanada va Rossiyaga eksport ham qilinadi. Bitta tarvuz 15 ming iyena (120 dollar) turadi, birinchi partiyaning deyarli hammasi sotib bo‘lindi”, — deyiladi shahar ma’muriyati xabarida.
Izoh (0)