Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hududiga xorijiy qo‘shinlar kiritilishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Meduza.
Qo‘shinlar Ukrainaning so‘roviga binoan va Yevropa Ittifoqi yoki BMT ruxsati bilan tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazish uchun kiritilishi mumkin.
Qonun rasman e’lon qilingan kunning ertasidan boshlab kuchga kiradi. Oliy Rada ushbu qonunni 4-iyun kuni qabul qilgan edi.
Izoh (0)