24-iyun, chorshanba kuni Londonda o‘tkazilgan Sotheby’s kimoshdi savdosida impressionistlar va zamonaviy rassomlarning asarlari sotuvga qo‘yilib, uning hajmi 178,6 million funt sterlingni (273,6 million dollar) tashkil etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Avstriyalik rassom Gustav Klimtning 1902-yilda ishlangan “Gertruda Lyov portreti” rasmi eng qimmat lot bo‘ldi. U noma’lum xaridor ayol tomonidan 24,8 million funt sterlingga (38 million dollar) sotib olindi.
Yana bir e’tiborga loyiq lot rus avangard rassomi Kazimir Malevichning “Suprematizm. 18-konstruksiya” asari bo‘ldi. Rasm 21,4 million funtga sotildi.
Jami Sotheby’s kimoshdi savdosida 51 ta lot sotildi. Sotuvga qo‘yilgan barcha san’at asarlariga xaridor topildi.
Izoh (0)