Navoiy viloyati Konimex tumani ichki ishlar bo‘limiga Yangi G‘azg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaroning dala maydonidan noma’lum shaxs olti bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti.
Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi 32 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi.
Hozirda uning boshqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)