Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatida kuchli jala quyishi tufayli yuz bergan suv toshqini va ko‘chkilar natijasida kamida 70 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Suv toshqini oqibatida eng ko‘p qurbonlar Amreli tumanida qayd etildi. Jami 26 kishi qurbon bo‘lgan Amrelida 25-iyun, payshanba oqshomida uylarning qulab ketishi natijasida birdaniga 13 kishi vafot etdi. Hindiston Harbiy havo kuchlari vertolyotlari yordamida avtomashinalar qatnov yo‘lida tiqilib qolgan avtobusning 44 nafar yo‘lovchisi evakuatsiya qilindi.
Hindistonning Amreli, Rajkot, Bxavnagar va Gir-Somnatx shaharlari aholisi suv toshqini xavfi tufayli o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.
Izoh (0)