Amerikalik erkak narkoz ta’sirida yotganida kolonoskopiya amaliyoti (ichaklar bo‘yicha tashxis qo‘yish) ni o‘tagan shifokorlardan o‘zining ustidan kulgani uchun 500 ming dollar undirdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Amaliyot boshlanishi oldidan bemor shifokorlarning barcha tavsiyalarini yozib olish uchun telefonining diktofonini yoqib qo‘ygan. Uyga qaytayotib, yo‘lda yozuvni eshitib ko‘rgan bemor anesteziolog va gastroenterolog uning ustidan kulganini aniqlagan.
Anesteziolog bemor bilan besh daqiqalik suhbati davomida unga musht tushirgisi kelganini aytgan, hamshira uning terisidagi dog‘ni ko‘rsatgach, unga tegmaslikni, aks holda zaxm yoki sil yuqtirib olishi mumkinligini ma’lum qilgan. Gastroeneterolog esa bu Ebola bo‘lishi mumkinligini aytib hazillashgan.
Amaliyot vaqtida hamshira bemor ukol qilingan paytda asabiylashganini aytganda anesteziolog narkoz ta’siridagi bemorga “Unda nimaga qarayapsan, tentak” degan. Shuningdek, u kasallik varaqasiga bemor gemoroyga yo‘liqqanini yozib bergan, aslida esa unda ushbu kasallik bo‘lmagan.
Izoh (0)