AQSh Qozog‘iston hududida o‘zining hech qanday harbiy bazasini joylashtirmoqchi emas. Bu haqda AQSh Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Uilyam Xikman ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh armiyasi dunyo bo‘ylab o‘ziga hamkorlar izlaydi. Urush bo‘layotgan davlatlarga tinchlikparvar kuchlarni kiritish bilan esa siyosatchilar shug‘ullanadi.
Xikmanning ta’kidlashicha, Qozog‘iston suveren davlat sifatida tinchlik vaqtida AQSh bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida mustaqil qaror qildi. Biroq bu Qozog‘iston hududida AQSh qurollari paydo bo‘lishini anglatmaydi. “Bizda Qozog‘istonning qayeridadir harbiy baza ochish rejasi yo‘q. Bizning maqsadimiz — kelish, birga ishlash, birgalikda hamkorlik qilish va uyga qaytish”, — dedi u.
Izoh (0)