Aqua maishiy konditsionerlarining eng yangi seriyasida nazokatli dizayn, ajoyib texnik tavsiflar, tejamkorlik va ishonchlilik uyg‘unlashgan. Bekamu-ko‘st qulaylik Aqua konditsioneri o‘rnatilgan xonaning “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi. U ko‘plab qurilmalar va funksiyalar bilan boyitilgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad havo muhitining eng yaxshi parametrlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlashdir.
Uch o‘lchamli havo yo‘nalishi tizimi konditsioner kontrollyoriga havo muhiti yaratilayotgan xona hududida havo taqsimotini samarali boshqarishga yordam beradi.
Qulay uyqu funksiyasi samarali va qulay dam olishga yordam beruvchi optimal parametrlarni yaratib beradi.
Aqua turkum konditsionerlari endi ilgarigidan ham tejamkor, qulay va ko‘p funksiyali bo‘ldi. Asosiy konstruktiv o‘zgarishlar tashqi bloklarga dahldor. Yangi Aqua takomillashgan 1UBS3ERA seriyasidagi tashqi bloklar bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning asosida Super Match innovatsion konsepsiyasi yotadi. Ushbu texnologiya inventorli va noinventor modellardagi split-tizimlar hamda multi-split tizimlarning ichki va tashqi bloklarini erkin birlashtirish imkonini beradi.
Aqua konditsionerlarini ikki rang yechimidagi variantlarda buyurtma qilish mumkin. Standart sxemalar:- Oq korpus oq rangdagi bezak paneli
- Kulrang korpus qora rangdagi bezak paneli
Energetik samaradorlik darajasi bo‘yicha yetakchi ko‘rsatkichlar namoyon etib kelayotgan Aqua konditsionerlari Haier lineykasidagi eng ixcham va sokin modellar bo‘lib qolmoqda. Aqua ichki bloklarining shovqin darajasi 22-23dB(A)dan oshmaydi. Korpus chuqurligi 175 mm dan oshmaydi. Bunday omadli yechimlar kamdan-kam uchraydi.
Nano Aqua generatsiyasi innovatsion texnologiyasi havoni ionlash, namlash va qo‘shimcha tozalashni amalga oshirishda yordam beradi. Nano Aqua moduli suv molekulalarini shunchalar mayda qismlarga parchalaydi-ki, ular nafaqat xona ichida tarqalishi, balki inson tanasiga singib, uni namlantirish xususiyatiga ega.
Asosiy urg‘uni sog‘liqni saqlashga, energiya tejashga va atrof muhitni muhofaza qilishga berib, Haier konditsionerning ishlash jarayonida kompressorni doimiy o‘chirish va yoqishlarsiz optimal haroratni saqlash vositasida innovatsion DC-inventorli texnologiyalarni joriy qiladi, elektr quvvatini tejaydi (A toifasi), shu bilan birga, u shovqinning past darajasi, haroratda katta tebranishlarning yo‘qligi va tejamkorlik (konditsioner narxi vaqt o‘tishi bilan energiya tejalishi hisobidan qoplanadi) tufayli maksimal darajadagi qulaylikni ta’minlaydi. Avtorestart funktsiyasi esa ish paytida xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash maqsadida elektr ta’minotidagi muammolarning hal qilinishi bilan konditsionerning oxirgi ishlash rejimini avtomatik tarzda qayta ishga tushiradi.
Harorat qurilgan LED-displeyda aks etadi, u ish rejimi yoki muayyan funksiyalarning faollashtirilishi bilan bog‘liq ravishda rangini o‘zgartirishi, o‘chirilganda esa ko‘rinmas tusga kirib, old panel bilan bir xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Yopiq xonalarda va joylarda kislorodning salbiy ionlari miqdori odatda sanitariya me’yorlaridan 10—15 barobarga kamroqdir. Bu immunitetning tushishiga va odamlarda jiddiy surunkali kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Aynan shu tufayli Haier konditsionerlarida havo ionizatori qo‘llanadi. Ionlash rejimining yoqilishi tamaki tutuni, bakteriyalar, hidlar, changlarni yo‘q qilib, havoni tetiklashtiruvchi ionlar bilan to‘ldiradi. RCD-filtr esa zamonaviy mebellardagi pardozlash materiallaridan ajralib chiqadigan va xonadonlaringiz havosida uchib yuradigan formaldegid hamda boshqa moddalarni samarali yo‘q qiladi.
Quritish rejimi havo namligini 35—60 foiz diapazonida ushlab turishga yordam beradi: tizim tinimsiz ravishda va ravonlik bilan havo oqimini uzatadi, bu yengil dengiz shabadasini eslatadi, xonadagi havoni quritadi, bunda u haroratning keskin o‘zgarishlariga yo‘l qo‘ymadi.
Shuningdek, 3D lifting funktsiyasiga ega bezak panelining noyob konstruksiyasiga e’tibor qaratish lozim. Yoqilganda konditsioner paneli bo‘rtib chiqib, tepaga ko‘tariladi, bu bilan konditsionerning pastki qismida qo‘shimcha sath ochiladi. Shu tariqa, havo tavaqasi maxsus yo‘naltirilib, gorizontal, to‘shalib boruvchi havo oqimini hosil qiladi. Sovutib yuborilgan havo bevosita xonaning ish zonasiga tushmay, yuqori qismda qoladi, bu ish zonasida qulay sharoitlar yaratib beradi.
Benuqson texnik va ekspluatatsion xarakteristika, ajoyib dizayn va ko‘p funksiyalilik yangi Aqua’ning bozorimizning premium segmentidagi istiqbollarini ta’minlab beradi.
Haier kompaniyasi barcha musulmonlarni Ramazon oyi boshlangani bilan tabriklaydi.
Ramazon oyi muborak bo‘lsin! Bu muqaddas oyda ro‘zadorlarga o‘z irodalarining mustahkamligini sinovdan o‘tkazishda kuch-quvvat va barcha ezgu niyatlariga erishishni tilaymiz.
Ushbu oy barcha uchun qalb dog‘larini yuvuvchi va dillarni nurlantirguvchi, iymon-e’tiqodni poklovchi oy bo‘lsin.
Mahsulot sertifikatlangan.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)