AQShning Nyu-Jersi shtatida 21-iyun kuni baliq ovlash uchun chiqqan Ron Rossi va uning o‘g‘li Frenk Amazonkadan minglab mil naridan odam tishli baliqni tutib oldi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
“Hech qachon bunaqasini ko‘rmagandim”, — deydi Frenk.
Baliqchilar dastlab uni piranya balig‘i deb o‘yladi. Keyinroq ular internet ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, haqiqatan piranyalar oilasiga kiruvchi Janubiy Amerikaning paku balig‘ini tutib olganini aniqladi. Aynan baliqning tishlariga qarab uni tanib olishdi.
Odatda paku yong‘oqlar, suv o‘tlari, chig‘anoqlar, shuningdek boshqa baliqlar bilan ham oziqlanadi. Mustahkam tishlari bilan ular yong‘oq po‘chog‘i va zirhlarni yora oladi.
Izoh (0)