Shimoliy Koreyada internet foydalanuvchilari Instagram ijtimoiy tarmog‘ining veb versiyasiga va mobil dasturiga kirishga uringanda servis bloklangani haqida ogohlantirishga guvoh bo‘lmoqda, deb xabar berdi “Tjournal.ru”.
Koryolink mobil operatori abonentlarining bir qismi Instagram’ni ochganda “Diqqat! Ushbu saytga kirib bo‘lmaydi, chunki u qora ro‘yxatda” ko‘rinishida bildirishnomaga duch kelgan. Koreyscha matnda bu “zararli matn” bilan izohlangan, inglizcha versiyada esa bunday izoh yo‘q.
Bildirishnomalar 17-iyundan paydo bo‘la boshlagan. Milliy simli internet tarmog‘i foydalanuvchilari ham Instagram’ning veb versiyasida shunday xabarga duch kela boshlagan. Boshqa ommabop xizmatlar, jumladan Facebook va Twitter ishlayotgani aytilgan. Bloklash haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Blok aynan nima tufayli qo‘yilgani ma’lum emas. Associated Press eslatishicha, 11-iyun kuni Pxenyanning qimmat mehmonxonalaridan birida yirik yong‘in sodir bo‘lgan: uning suratlari ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan, davlat OAVlari hodisa haqida xabar bermagan.
Izoh (0)