Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida ayol o‘z o‘g‘lini 25 ming so‘mga sotdi, deb xabar beradi “Knews.kg” Issiqko‘l viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib.
Ak-Suy tumanida yashovchi 61 yoshli ayol Issiqko‘l viloyati IIB tergov bo‘limiga murojaat qilib, 2013-yilda uning qizi 3,5 yoshdagi o‘g‘lini sotib yuborganligi to‘g‘risida xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bolani sotib olganlarning shaxsi aniqlandi. Ularning ko‘rsatma berishicha, bolaning onasi o‘g‘lini boqa olmayotganini aytib, o‘z xohishi bilan uni 25 ming so‘mga sotgan.
Issiqko‘l viloyati IIB tergov bo‘limi tomonidan to‘plangan ma’lumotlar odam savdosi holatiga yuridik baho berish uchun o‘rganilmoqda.
Izoh (0)