Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius AQSh maxsus xizmatlari tomonidan Fransiyaning uch prezidenti telefonlari eshitilishi haqidagi xabarlar tufayli AQShning Parijdagi elchisi Jeyn Xartlini chaqirtirdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Avvalroq, Fransiya hukumati rasmiy vakili Stefan Le Fol AQSh maxsus xizmatlarining Fransiya prezidentlariga nisbatan razvedka faoliyati ikkala mamlakat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari uchun nomaqbul ekanligini ma’lum qilgan edi. Keyinroq, AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Ned Prays AQSh maxsus xizmatlari Fransiya prezidenti Fransua Ollandning telefon suhbatlarini eshitmasligini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 23-iyun kuni Libération gazetasi va Mediapart sayti tomonidan WikiLeaks bilan hamkorlikda o‘tkazilgan jurnalist tekshiruvi natijalari e’lon qilindi. Unda aytilishicha, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi 2006—2012-yillarda Fransiyaning uch prezidenti — Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Olland, shuningdek ularning eng yaqin yordamchilarining telefon suhbatlarini eshitgan va elektron xatlarini o‘qigan.
Izoh (0)