Italiyaning Monsa shahri sudi 23-iyun, seshanba kuni chiqargan qarorga asosan, Silvio Berluskoni sobiq xotini Veronika Larioga har oyda 1,4 million yevro to‘lash majburiyatini oldi, deb xabar beradi “Newskaz.ru”.
Shu tariqa 2013-yilning oktabr oyida sudya Anna Mariya Di Orestening dastlab tayinlangan aliment miqdorini ikki barobarga kamaytirish to‘g‘risidagi qarori o‘z tasdig‘ini topdi.
2012-yilning dekabrida Milan sudi nikohdan ajratish jarayonida Berluskonining uch nafar farzandiga onalik qilayotgan Larioga oyiga 3 million yevro aliment tayinlagan edi. Biroq 2013-yilning mart oyida sobiq vazir birinchi instansiya sudi qaroriga norozi bo‘lib shikoyat arizasi berdi va aliment miqdorining qayta ko‘rilishiga erishdi.
Izoh (0)