“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Guliston shahridagi ATSlarning joylashgan manzillari rekonstruksiya qilinayotgani haqida ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-martdagi “2015—2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, melliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, avtomobil yo‘llar tizimini takomillashtirish, shahar transport harakati kompleks sxemasini mavjud umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va shahar magistral ko‘chalarini rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi R-4421-sonli Farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-maydagi 01-5/1-127-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston shahrining to‘la ta’mirlanishi munosabati bilan 2015-yil 1-iyuldan 2015-yil 20-iyulga qadar Guliston shahar Sh. Rashidov ko‘chasidagi MSAN №5 va Guliston shahar 4-mavze avtogarajlar maydonidagi MSAN №10 ATSlarning joylashgan manzillari rekonstruktsiya hududiga tushganligi sababli ushbu ATSlarda joylashgan abonentlarning telefon raqamlarini yaqin hududlarda joylashgan ATSlarga ko‘chirish bo‘yicha texnik ishlari olib boriladi.
Texnik ishlar olib boriladigan muddat ichida yuqorida keltirilgan ATSlarda aloqa xizmatlari vaqtinchalik ishlamasligi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun kompaniya oldindan uzr so‘ragan.
Izoh (0)