Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyatida 13 ming yillik odam izlari topildi, deb xabar beradi “TASS” The Canadian Press agentligi xabariga tayanib.
Viktoriya universiteti tadqiqotchilari Kanadaning tub aholisi vakillari bilan hamkorlikda Kelvert orolida olib borgan qazish ishlari davomida qadimgi odamlarning o‘nga yaqin toshga aylangan izlarini topdi.
Arxeolog Dankan Maklarenning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan muzlik davri va oxirgi mingyilliklar davomida dengiz sathining o‘zgarishiga qaramasdan, ushbu hudud kam o‘zgarishga uchragan.
Hozirgi paytda odam izlarining yoshini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilmoqda. Arxeologlarning ta’kidlashicha, agar ularning dastlabki xulosalari o‘z tasdig‘ini topsa, ushbu odam izlari Shimoliy Amerikadagi bunday topilmalarning eng qadimiysiga aylanadi.
Izoh (0)