Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar amal qilish muddatini uzaytirdi, deb xabar bermoqda Meduza. Endilikda cheklovlar 2016-yil 31-yanvargacha amal qiladi.
Sanksiyalar Rossiyaning qator korxonalari va banklari Yevropa bozorlarida kredit ololmasligini nazarda tutadi. Shuningdek, qator rossiyalik siyosatchilar va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan shaxslarga Yevropa Ittifoqi hududiga kirish taqiqlangan.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishiga javoban 2014-yil avgustida joriy qilgan edi. Shuningdek, Qrimning o‘ziga nisbatan alohida sanksiyalar kiritilgan.
Izoh (0)