O‘zbekiston hukumati korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mudofaa ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf qilgan moddiy xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibini tasdiladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Hujjatda aytilishicha, mudofaa ehtiyojlari uchun mulklar urush davrida o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida taqdim etiladi. Mudofaa ehtiyojlari uchun taqdim etilgan mulk butunlay yo‘qotilishi tufayli uni qayta tiklashning imkoni bo‘lmasa, mulkning bozordagi qiymati va mudofaa ehtiyojlari uchun taqdim etilgan mulkka yetkazilgan zarar qoplanishi lozim.
Nizomda aytilishicha, mulkdorning boy berilgan foydasi qoplab berilmaydi. Tovonni olish uchun mulkdor yoki uning vakili O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga zarur hujjatlar to‘plamini taqdim etib, yozma murojaat qilishi lozim. Moddiy xarajatlar uchun tovon davlat byudjeti hisobidan to‘lanadi.
Izoh (0)