Qirg‘izistonlik qizlar va Koreya fuqarolari o‘rtasida tuzilgan nikohlarning 30 foizi ajrim bilan tugamoqda, deb xabar beradi “Knews.kg” deputat Abdumanop Kutushevning ma’lumotlariga asoslanib.
Yaqinda Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan deputatlar delegatsiyasi ushbu masalani KR elchixonasida muhokama qildi. Biroq koreyaliklar bilan nikohda bo‘lgan qizlar bilan gaplashish imkoniyati bo‘lmadi.
“Ko‘pincha bizning yosh qizlarimiz koreyscha seriallarni ko‘rib, koreyalik yigitga turmushga chiqib yaxshi yashayman deb o‘ylaydi. Biroq oxir-oqibatda hafsalasi pir bo‘lib, ajrashish uchun ariza beradi”, — deydi parlament a’zosi.
Izoh (0)