Italiyada prokuratura Bank of China bankining Milandagi filiali va u bilan bog‘liq 297 nafar jismoniy shaxsga jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish ayblovini e’lon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Ayblanishi mumkin bo‘lganlar orasida Bank of China filialining to‘rt nafar top-menejeri bor, qolganlarning aksariyati Italiyada yashovchi xitoyliklar hisoblanadi.
Florensiya prokuraturasi Italiyadagi bank hisobidan Xitoyga 4,5 milliard yevro o‘tkazilgan, deb hisoblamoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bu mablag‘lar fohishaxonalar, soxta pullar ishlab chiqarish, soliq tovlamachiligi va muhojirlar mehnatidan foydalanish evaziga orttirilgan. Pulning deyarli yarmi 2007-2010-yillarda bankning Milandagi filiali orqali o‘tkazilgan. Bank of China pul o‘tkazmalaridan komissiya sifatida 758 ming yevro ishlagan.
Izoh (0)