O‘zbekiston hukumatining 18-iyundagi qarori bilan Guliston shahrining 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi bosh rejasi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bosh rejada Gulistonning markaziy qismini rekonstruksiya qilish, ekologik jihatdan zararli korxonalarni shahar tashqarisiga chiqarish, hududlar va transport yo‘llarini kompleks obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek barcha zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan yangi turar-joy massivlarini qurish ko‘zda tutilgan.
Qurilishning birinchi navbatida (2020-yilgacha) shahar aholisi soni 125 mingga, muddat oxirigacha (2030-yil) esa 140 mingga yetishi rejalashtirilmoqda. Guliston shahri hududi hozirgi 2009,4 gektardan 3553,54 gektargacha kengayadi. Uning tarkibiga Toshkent, Qarobchi, Mevazor, Zarbdor posyolkalari, shuningdek Guliston va Boyovut tumanlaridagi bir qavatli turar-joy massivlari kiradi.
Izoh (0)