Italiyada eng uzun pitssani tayyorlashdi. Uning uzunligi 1,5 kilometrga yetdi. Milanda namoyish etilgan ushbu “Margarita” pitssasini tayyorlash uchun 1,5 tonna motsarella pishlog‘i va litrlab zaytun yog‘i kerak bo‘ldi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Pitssani butun Italiyadan to‘plangan 80 nafar bosh oshpazlar beshta maxsus modernizatsiya qilingan pechlarda pishirdi.
Oshpazlik asarini joylashtirish uchun 800 ta stol bir qator qilib qo‘yildi. Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan ushbu pitssa “Margarita” o‘ylab topilganligining 126 yilligi sharafiga tayyorlandi.
Izoh (0)