Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar va Rossiyaning javob choralari tufayli YeI iqtisodiyoti 100 milliard dollar zarar ko‘rishi va 2 millionga yaqin ish o‘rnini yo‘qotishi mumkin, deb xabar bermoqda Meduza.
Ushbu xulosani bergan Avstriya iqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari fikricha, bu eng yomon oqibatni o‘zida aks ettiradi. O‘z navbatida, 2014-yilda aynan eng pessimistik taxminlar to‘g‘ri chiqqani qayd etilgan.
Sanksiyalardan eng ko‘p Germaniya zarar ko‘rishi taxmin qilingan — 27 milliard yevro. Shuningdek, Ispaniya, Italiya, Polsha, Fransiya, Estoniya iqtisodiyoti ham sezilarli zarar ko‘radi.