Xitoy KXDRga kuchli qurg‘oqchilik oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi

Xitoy, agar zarur bo‘lsa, Shimoliy Koreyaga so‘nggi 100 yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilik oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishda tayyor. Bu haqda 18-iyun, payshanba kungi brifingda XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Biz qurg‘oqchilik haqida xabardormiz va KXDRga bu borada hamdardlik bildiramiz. Umid qilamizki, Shimoliy Koreya hukumati va xalqi iloji boricha tezroq ofatdan qutuladi. Xitoy KXDR so‘rovi bilan ko‘mak berishga tayyor”, — dedi Lu Kan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya joriy yil yozida so‘nggi yuz yildagi eng kuchli qurg‘oqchilikni boshidan kechirayotgani xabar berilgan edi.

KXDRda davom etayotgan so‘nggi yuz yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilik qishloq xo‘jaligiga ulkan zarar yetkazmoqda. Yomg‘irlar yo‘qligidan butun mamlakatdagi guruch plantatsiyalari, ayniqsa Xvanxe va Pxyonan provinsiyalaridagi ekinlar nobud bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya qishloq xo‘jaligi 1990-yillar o‘rtalaridan buyon ham qurg‘oqchilik, ham suv toshqinlaridan bir necha marta ziyon ko‘rgan. G‘arb matbuoti bu davrda mamlakatda 100 minglab odamlar halok bo‘lgani haqida yozgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing