Qozog‘istonning Jambul viloyati ma’muriy markazi — Taraz shahrida to‘qqiz qavatli bino yonmoqda, deb xabar berdi “Nur.kz”.
Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti xabariga ko‘ra, bu akimat ma’muriyatining binosi bo‘lib, birinchi qavatda talabalar poliklinikasi joylashgan.
Voqea joyida to‘qqizta o‘t o‘chirish mashinasi ishlamoqda. Departament vakilining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, hamma o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan.
Jurnalistlarning xabarlariga ko‘ra esa, jabrlanganlar bor. Jumladan, besh kishi derazadan sakragani aytilgan. Binoning chap tomoni to‘liq yonmoqda. Bu binoda viloyat sog‘liqni saqlash departamenti, davlat arxivi va talabalar poliklinikasi joylashgan.
Voqea joyida maxsus xizmatlar ishlamoqda. Hudud o‘rab olingan. Yong‘in sabablari va maydoniga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)