Hindistonning Mumbay shahrida yasama alkogoldan zaharlanish oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Jabrlanganlar yasama spirtli ichimlikni ichgandan so‘ng, 17-iyun, chorshanba tongida o‘zlarini yomon his qildi. Shundan keyin 25 kishi halok bo‘ldi, yana o‘n nafari og‘ir ahvolda. Qurbon bo‘lganlar soni ortishi mumkin”, — deydi shahar politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Dxanadjay Kulkarni.
Uning ta’kidlashicha, zaharli mahsulotni tayyorlash va tarqatishda gumon qilinayotgan uch kishi qo‘lga olinib, qamoqda saqlanmoqda.
Izoh (0)