Koreya Respublikasi Janubiy Sudanga urushdan keyingi tiklanishida ko‘mak berish uchun BMT missiyasi doirasida 290 kishidan iborat beshinchi kontingentni yuboradi. Bu haqda “TASS” Janubiy Koreya qurolli kuchlari ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Kontingent yaqin ikki hafta ichida Janubiy Sudanga jo‘naydi va sakkiz oy davomida o‘ziga yuklatilgan topshiriqlarni bajaradi.
“Janubiy Sudanga yuborilayotgan ‘Xanbit’ tuzilmasining har bir a’zosi professional tayyorgarlikning sakkiz haftalik kursini to‘liq o‘tadi”, — deydi kontingent qo‘mondoni polkovnik Kim Byon Chxun.
Afrikaga yo‘nalgan kontingentning tarkibi asosan harbiy quruvchilar va shifokorlardan iborat. Ular mahalliy aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, infratuzilma obyektlarini qurish va boshqa bir qator dasturlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)