Koreya Respublikasida MERS koronavirusi oqibatida yana ikki kishi vafot etdi, shu tariqa qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 23 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar esa jami 165 kishini tashkil qildi, deb xabar beradi “TASS” KR Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib.
Mamlakat hududidagi birinchi virus bilan kasallanish holati 20-may kuni qayd etilgan bo‘lib, uni Yaqin Sharq davlatidan safardan qaytgan KR fuqarosi yuqtirib kelgan. Janubiy Koreya ushbu virus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Saudiya Arabistonidan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqdi.
Izoh (0)