Janubiy Koreya parlamenti adliya vaziri Xvan Gyo An nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinlanishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Tayinlanishni yoqlab 156 deputat ovoz bergan, 120 nafari qarshi chiqqan, ikki kishi betaraf qolgan. Xvan Gyo Anning nomzodi Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe tomonidan may oyida sobiq bosh vazir Li Van Guning iste’fosidan keyin taklif etilgan. Li Van Gu 2015-yil 16-fevral kuni Janubiy Koreya bosh vaziri etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada korrupsiya mojarosi tufayli bosh vazir almashdi. Aprel oyi oxirida qurilish kompaniyasi rahbari Son Van Chjon o‘zini o‘ldirishidan oldin qodirgan maktubida go‘yoki undan pora olgan Pak Kin Xe ma’muriyatidagi amaldorlar ro‘yxatini yozgan. Jumladan, Li Van Gu undan 2013-yilda 30 million vona (28 ming dollar) olgani aytilgan. Siyosatchi bu ayblovni rad etgan, biroq iste’fo so‘rab prezidentga murojaat qilgan.
Izoh (0)