KXDR Janubiy Koreyaning ikki nafar fuqarosi — 58 yoshli Li Chan Xo va 50 yoshli Chjin So Yonni “yaxshi istak belgisi” sifatida Seulga repatriatsiya qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ularga joriy yilning 11-may kuni chegarani noqonuniy tarzda kesib o‘tish aybi qo‘yilgan. O‘tkazilgan tekshiruvdan keyin KXDRning mas’ul organlari “insoniylikdan kelib chiqib va ularning chin dildan tan olishini inobatga olib” janublik koreyslarni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgan.
Pxenyan Janubiy Koreya tomoniga Qizil xoch jamiyati orqali tegishli bildirishnoma jo‘natgan. 17-iyun kuni Li Chan Xo va Chjin So Yon Koreya yarimorolini ikkiga ajratib turuvchi harbiysizlashtirilgan hududdagi Pxanmunjom chegara punktida Janubiy Koreyaga topshirilgan.
Izoh (0)