AQSh prezidenti matbuot kotibi Josh Ernst o‘tgan dam olish kunlari Oq uyda 500 kishi ishtirokida o‘tkazilgan qabul uchun Barak va Mishel Obama shaxsiy mablag‘laridan sarflaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qabulda Stivi Uander va Prins singari yulduzlar, shuningdek korporatsiyalar rahbarlari, lobbistlar va boshqa katta ta’sirga ega shaxslar qatnashgan. Ernst Obamalar ziyofat uchun aynan qancha pul sarflaganiga oydinlik kiritmagan.
“Prezident va birinchi xonim shanba oqshomida Oq uyda shaxsiy tadbir tashkillashtirdi. Ular buning uchun o‘z hisoblaridan to‘ladi”, — dedi Josh Ernst.
Izoh (0)