Roppa-rosa yetti yil avval O‘zbekistonda yangi brend paydo bo‘ldi – Ucell savdo belgisi — TeliaSonera katta oilasining a’zosi. O‘z faoliyati davomida kompaniya 8 500 000 million nafar o‘zbekistonlikning ko‘nglidan joy olishga erishdi. 7 yillik muvaffaqiyat va abonentlar mobil aloqa uchun aynan Ucell’ni o‘zlariga operator qilib olishlarining kamida yetti xil sababi:
- Ucell mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish haqida qayg‘urib, zamonaviy xizmat va texnologiyalarga yo‘l ochuvchi ishonchli mobil aloqa operatori sifatida o‘zini namoyon etdi. Mamlakat bo‘yicha 22 ta shaxsiy ofisiga ega bo‘lib, dilerlik tarmog‘i esa 2300 dan ziyod savdo punktlaridan iboratdir. Shuningdek, chekka, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlar aholisiga xizmat ko‘rsatish masalalari yechimi uchun kompaniya 45 ta mobil ofislarini taqdim etdi.
- Ucell zamonlar va makonlar o‘rtasidagi chegaralarga barham bermoqda. Bugungi kunda 420 ta rouming tarmog‘i dunyoning 160 mamlakatida kunning istalgan vaqtida aloqani ta’minlayapti.
- Ucell bugungi kunda muloqot va ta’limda muhim vosita bo‘lib qolayotgan internetga qulay ulanish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Ucell abonentlari foydalanayotgan Internet-trafikning kun sayin o‘sib borayotgani o‘z navbatida narxlar maqbulligini ham ko‘rsatadi. Butun respublika bo‘yicha 4G va 3G tarmoqlar ko‘lamini kengaytirgan holda, operator mamnuniyat bilan mazkur o‘sish jarayonini ta’minlayapti. Ucell Toshkentda eng keng tarmoq – 4G/LTEni yaratdi va bu bilan 2014-yil 1-dekabrdan boshlab, to‘rtinchi avlod mobil aloqa xizmatlariga ulanish imkoniyatini taqdim etdi. Uning ilk taqdimoti 5 yil avval bo‘lgandi, ya’ni 2009-yil 14-dekabrda TeliaSonera Stokgolm va Oslo shaharlarida 4G tarmog‘ini tijorat asosida ishga tushirgan edi.
- Ucell nafaqat texnologiyalarni ilgari suradi, balki odamlar hayoti va faoliyatini yaxshilashga xizmat qiluvchi yechimlarni yaratadi. Kompaniyaning yana bir aloqa vositasi – “Aqlli devayslar-M2M” yo‘lovchi tashishda, farmatsevtika korxonalari vakolatxonalarida, sarf qilinayotgan energoresurslar monitoringida samarali qo‘llanilyapti. Pirovardida biznesdan kutilayotgan natija o‘zini oqlayapti: mablag‘, vaqt, resurslar, energiya tejalishi hisobiga.
- Ucell kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi mijozlari uchun hamkor bo‘lishga intilyapti. Ucell’ning 60 mingdan ortiq korporativ mijozlari “Alohida balans”, “4G ofis”, “Internet hamma uchun” kabi eksklyuziv xizmatlar turidan foydalangan holda o‘z bizneslarini yanada kengaytirmoqda.
- Ucell insonlar turmushini yaxshi tomonga o‘zgartirmoqda. 2015-yil boshida mamlakatning barcha hududlaridan 6 milliondan ziyod aholi “Ucell bilan orzu sari” aksiyasida ishtirok etdi. Aksiyada 96 ta yutuq o‘z egasini topdi, 8000 nafardan ortiq abonentga tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroq va SMSlar uchun 50 ming so‘mdan taqdim etildi. Aksiyani o‘tkazish davomida o‘z hisoblarini ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirgan dastlabki yuz nafar abonent esa 1 GB Internet-trafikka ega bo‘ldilar.
- Ucell ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalarni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘ngli ochiq va samimiy qalbga ega kompaniyadir. Operator Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikning muhimligini hisobga olgan holda, talabalarning amaliy mashg‘ulotlari uchun GSM/LTE laboratoriyasini taqdim etdi. Boks federatsiyasi va paralimpiya uyushmasi bilan hamkorlik barobarida, Ucell Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shdi. Navro‘z bayramlarida faol ishtirok etdi, sumalaklar tayyorlab tarqatdi. Shuningdek, “Minnatdormiz” deb nomlangan yillik aksiyasini tashkil etdi-ki, uning doirasida 700 nafar urush va mehnat fahriylari sovg‘alar olishdi hamda mobil aloqa xizmatlariga imtiyozli tarif asosida ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ucell kompaniyaning tug‘ilgan kuni bilan o‘z abonentlarini muborakbod etadi va o‘z tanlovlari hamda ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Barcha-barchaga salomatlik, farovonlik tilaydi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)