Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Real” rahbariyatiga jamoada qolishga va Rafael Benites qo‘l ostida shug‘ullanishga rozi ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning “Real” bilan tuzgan shartnomasi 2018-yilga qadar davom etadi. U yiliga 14 million funt maosh oladi.
Avvalroq Ronaldu jamoadan ketmoqchi ekani ma’lum qilingan edi. Ronalduning xizmatiga Parijning “PSJ” klubi jiddiy qiziqish bildirgan.
Izoh (0)