Janubiy Koreyada MERS koronavirusi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi virusni yuqtirib oldi. Jami virus bilan kasallanganlar soni 150 nafarga yetdi, deb xabar beradi “Newskaz.ru”.
Bugungi kungacha virusdan halok bo‘lganlar 17 kishidan iborat. Kasallanish xavfi mavjudligi sababli 4,8 ming kishiga karantinda saqlanish tavsiya qilindi. Koronavirus bolalar va o‘smirlar o‘rtasida tarqalib ketmasligi uchun 2,2 ming o‘quv muassasalari yopib qo‘yildi.
Janubiy Koreya hukumati virus bilan kasallanganlar davolangan 55 ta kasalxonalar ro‘yxatini e’lon qildi. Chunki Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha virusni yuqtirib olish holatlari birinchi kasallanganlarni o‘z vaqtida alohida saqlamaganlik natijasi deb hisoblaydi.
Izoh (0)