Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, ikkala mamlakat yetakchilari savdo aylanmasini 100 milliard dollarga yetkazish strategik maqsadi borligini tasdiqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Erdo‘g‘an ikki tomonlama munosabatlarning deyarli barcha sohalari yuzasidan fikr almashib, umuman ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etgan. Shuningdek, ular 2014-yilda savdo hajmi biroz kamayganini ham tan olgan.
Izoh (0)