CNN telekanali AQSh va Yevropa Ittifoqi agar Rossiya Ukrainadagi harbiy ishtirokini kuchaytirsa kiritilishi rejalashtirilgan Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar paketi ustidagi ishlarni yakunlayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, hozircha yangi sanksiyalarni joriy qilish haqida qaror yo‘q. Yangi sanksiyalar G‘arb tashkilotlari bilan ishlash taqiqlangan moliya, energetika va mudofaa sohalaridagi shaxslar va kompaniyalar ro‘yxati kengaytirilishini nazarda tutadi.
Ismi oshkor qilinmagan amaldorning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa yetakchilarida Rossiya agressiyasining yangilanishiga javob qaytarishning ko‘plab turli usullari bo‘ladi, harakatlar tez va qat’iy qabul qilinadi, gap haftalar haqida ketmayapti.
Izoh (0)