YuNESKO Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan Yaman poytaxti Sana shahrining qadimiy qismiga berilgan aviazarbalar oqibatida besh kishi halok bo‘lgani va dunyo madaniy merosiga kiritilgan obyektlari vayron bo‘lganini qoraladi, deb xabar bermoqda Liberation.
“Bu vayrongarchiliklar gumanitar muammoni faqatgina keskinlashtiradi. Men mojaroning barcha tomonlarini Yamanning madaniy merosini hurmat qilish va himoya qilishga yana bir marta chaqirmoqchiman”, — dedi tashkilot bosh kotibi Irina Bokova.
Qayd etilishicha, 12-iyun tongida qilingan hujum 26-martdan boshlangan operatsiya davomida Sananing qadimiy qismiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan ilk aviazarba bo‘lgan. 1986-yilda YuNESKO madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritilgan eski Sanada XIX asr boshigacha qurilgan 6 mingdan ortiq bino joylashgan.
Izoh (0)