Toshkent shahridagi “Ko‘kcha” masjidi yaqinida Cobalt va Spark avtomobillari to‘qnashib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Xabarga ilova qilingan suratlarda yo‘l o‘rtasida ag‘darilib yotgan Cobalt hamda yo‘l chetidagi daraxtga urilib, bir tomoni ariqchaga kirib qolgan Spark avtomobillari ko‘rinib turadi.
Avtomobillar aynan nima sababdan va qanday to‘qnashgani ma’lum emas. Avariya natijasida jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida ham ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)