Zaxirasi 3 milliard tonnaga baholangan O‘zbekistondagi eng yirik titanomagnetit koni — Tebinbuloqni ishlab chiqish uchun texnologiyani aniqlash bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda, deb xabar berdi “Uz24.uz”.
Rudalar tarkibida temirdan tashqari u yoki bu mavjud texnologiyalarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydigan mineral komponentlar bor. Hozirda Finlandiyaning Outotec kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan SL/RN ruda qazib olish innovatsion texnologiyasi taqdim etilishi kutilmoqda. Barcha sinovlar o‘tkazilgach, konni ishlab chiqish bo‘yicha loyihani amalga oshirish muddatlari tasdiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida joylashgan Tebinbuloq konida ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yilsa, yiliga 22 million tonna ruda qazib chiqarish kutilmoqda.
Izoh (0)