Moldova bosh vaziri Kirill Gaburich ta’lim haqidagi hujjatlarni soxtalashtirishda gumonlanib o‘ziga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tufayli iste’foga chiqishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Men siyosatchi emasman, men menejerman. Men siyosiy o‘yinlarda qatnashishni istamayman va mening ma’lumotim haqidagi mavzu milliy darajadagi masalaga aylanishini xohlamayman”, — dedi Gaburich.
Qayd etilishicha, 2015-yil 15-fevraldan buyon Moldova bosh vaziri lavozimida ishlayotgan Gaburichga nisbatan aprel oxirida Liberal partiyadan deputat Valeriu Muntyanu so‘rovi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarda Gaburich 1995-yilda Iqtisodiyot akademiyasiga kirgani yozilgan, biroq bu paytda uning shahodatnomasi bo‘lmagani bois bunday bo‘lishi mumkin emas.
Izoh (0)