12-iyun kuni Malaysia Airlines aviakompaniyasiga qarashli samolyot dvigateli yonib ketganligi sababli Melburn aeroportiga shoshilinch ravishda qo‘ndi, deb xabar berdi “TASS”.
Aeroport vakilining xabar berishicha, dvigatel yona boshlagani haqidagi xabarni uchuvchilar samolyot havoga ko‘tarilgandan so‘ng olgan. 300 dan ortiq yo‘lovchi bilan Kuala-Lumpurga uchayotgan Airbus A300 samolyoti Melburnga qaytib omadli qo‘ndi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda hech kimga zarar yetmadi.
Izoh (0)