Infeksion kasalliklar bo‘yicha shifokor, immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi, Immunologiya ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi
Azizaxon Xo‘jayeva: “Sut — insoniyatni olg‘a siljitgan mahsulot”
Shu bilan birga uni nochorlik sharoitlarida asrab qolishga yordam bergan ozuqa hamdir. Inson hayoti sutdan boshlanadi va sut bilan davom etadi. Mana, 8 ming yildan ortiq vaqt o‘tibdi hamki, odamzot hanuz sutdan qatiq, pishloq, tvorog kabi ko‘plab ajoyib oziq-ovqat mahsulotlarini yaratib keladi.Mo‘jizakor ozuqa
Aminokislotalar va mikroelementlardan tashqari, sut kalsiy moddasiga ham boy. Ushbu modda sigir sutida organizm uchun yengil o‘zlashtiriladigan ko‘rinishda mavjud. Sigir suti tarkibidagi fosfor, kaliy va natriy miqdori esa deyarli o‘zgarmaydi, faqat yil fasliga qarab sezilarsiz darajada o‘zgarishi mumkin. Inson tug‘ilganidanoq sut bilan oziqlanadi (dastavval, go‘dak uchun eng yaxshi ozuqa sanalgan ona suti, keyinchalik sigir, echki, tuya suti va boshqalar).Ushbu ichimlik patogen mikroorganizmlarning ta’sirini yenguvchi g‘aroyib xususiyatga ega. Bu bakteritsid xususiyat deb ataladi, u sutda fermentlar (lizotsim, peroksidaza), immunoglobulinlar, leykotsitlar mavjudligi bilan shartlangan. Sutda bakteritsid xususiyatlar paydo bo‘ladigan davrga bakteritsid faza deyiladi. Faqat shu davrdagina sutni yangi va nisbatan xavfsiz deb hisoblash mumkin. Ushbu fazaning davomiyligi sut saqlanadigan sanitariya-gigiyena sharoitlari va uning haroratiga bog‘liq. Harorat qanchalik yuqori bo‘lsa, bakteritsid faza shunchalik qisqa bo‘ladi. 37 °C ga yaqin haroratda (yangi sog‘ilgan sutning o‘rtacha harorati) sutning bakteritsid xususiyatlari 2 soatga yaqin saqlanib turadi. Agar sut sog‘ilganidan keyin darhol 4°C gacha sovutilsa, unda bakteritsid fazaning davomiyligi 48 soatni, 2°C gacha sovutilganida – 72 soatni tashkil etadi.
Biroq...
Turmushda odamlar ham, hayvonlar ham chalinadigan kasalliklar mavjud. Ularni antropozoonozlar deyishadi. Masalan, brutsellyoz, soxta sil, salmonellyoz, shigellyozlar va boshqalar. Afsuski, xom sutning tabiiy bakteritsid xususiyatlari ushbu xavfli infeksion kasalliklarni yengishga qodir emas. Shifokor sifatida bemorning qaynatilmagan sutni ichish istagiga tez-tez duch kelaman. Xususan, oxirgi ikki yil davomida go‘yoki gepatit kasalligiga shifo bo‘lgan tuya sutini ichish ommalashib bormoqda. Bemorlarga tuya suti gepatitlarni davolamasligini, ammo kasal hayvondan brutsellyoz orttirib olish mumkinligini tushuntirishimga to‘g‘ri kelyapti.Tanish sutchi olib keladigan uy sigirining sutini ichish xavfsiz degan fikr hamon keng tarqalgan. Bu yanglish fikr! Infeksiyaga chalinmaslik uchun xususiy sutchilar yoki bozordan sotib olingan sutni qaynatish zarur. Faqat shundagina sut xavfsiz mahsulotga aylanadi, lekin afsuski, uning foydali xususiyatlari ham ancha kamayadi.
Sutni qaynatganda nimalar yuz beradi?
Sutni qaytnatganda idish tubida hosil bo‘ladigan biroz kuygan yupqa qatlamni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu sut oqsili bo‘lib, u uzoq vaqt davom etuvchi yuqori harorat ta’siri ostida parchalanadi. Albumin (yoki laktalbumin) yuqori haroratlarga juda ta’sirchan bo‘lgan sut oqsili hisoblanadi. U 55°C haroratda parchalana boshlaydi, bu esa sutning ozuqaviylik xususiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki albumin tarkibida aminokislotalarning to‘liq to‘plami mavjud. Ular esa o‘z navbatida butun tirik jonzotdagi hujayralar uchun qurilish materiali hisoblanadi. Sut globulinining issiqlik ta’siriga chidamlilik xususiyati yuqoriroq. Globulin 75°C ga yaqin haroratda parchalanadi. Demak, sut qancha ko‘p qaynatilsa, uning antibiotik va immun xususiyatlari hamda bizni infeksiyalardan himoya qiluvchi antitanachalarni shakllantirish qobiliyati shuncha ko‘p yo‘qoladi.Sut uzoq vaqt qizdirilganida kalsiy va fosfor inson organizmi tomonidan o‘zlashtirilmaydigan erimaydigan birikmalarga o‘tadi. Faqat yog‘ o‘zgarmaydi. Biroq yog‘ ham boshqa tarkibiy qismlarsiz unchalik foydali emas, ayniqsa giperxolisterinemiyada, ya’ni qonda xolesterin darajasi yuqori bo‘lganida.
Organizmdagi temir moddasi haqida
Yana bir muhim jihat. Anemiyadan aziyat chekuvchi odamlar temir moddasini tabletkalar va boshqa shakldagi dorilar orqali qabul qiladi. Biroq to‘laqonli oqsilsiz organizmda temir moddasi kerakli joyga yetib bormaydi, uni faqat globin deb nomlanuvchi alohida oqsil yetkazib beradi. Demak, go‘sht va sut iste’mol qilinmasa, bunday preparatlarni qabul qilishning foydasi yo‘q. Xuddi shunday qaynatilgan sutni ichish ham befoyda, chunki ushbu qimmatli oqsil sut qaynatilganida nobud bo‘ladi. Anemiyadan aziyat chekuvchi va preparatlarni qabul qiluvchi kishilar faqat paketlarda chiqariladigan sutni ichishlari lozim, chunki uni qaynatishga hojat yo‘q. Qolgani esa shunchaki zaxiralarni sarflashdan boshqasi emas.Sutga sanoat usulida issiq ishlov berishning bir nechta usuli mavjud. Masalan, ultrapasterizatsiya sutga ishlov berishning eng zamonaviy va eng avaylovchi usuli hisoblanadi. Unda sut bir necha soniya ichida 135-140°C haroratgacha qizdiriladi va bir necha soniya davomida shunday holatda ushlab turiladi, keyin keskin sovutiladi. Butun jarayon mahsulotni har qanday tashqi ta’sirdan saqlovchi yopiq tizimda yuz beradi. Ushbu texnologiya sutning organoleptik xususiyatlarini asraydi, bunda qimmatli oqsil moddasi nobud bo‘lmaydi, sut tarkibi va uning ozuqaviylik xususiyatlari bir necha oy davomida saqlanadi. To‘g‘ri, agar sut o‘rami ochilgan bo‘lsa, uni sovutgichda saqlash va 2—3 kun davomida iste’mol qilish lozim bo‘ladi. Sutga ishlov berishning ushbu usuli uni iste’mol uchun xavfsiz qilgani holda, sutning foydali xususiyatlarini iloji boricha ko‘proq saqlaydi.
Sut iching va doim salomat bo‘ling!
Sut haqida hamma faktlarni bilasizmi?
Unda buni isbotlang va Nestlé® Sutim’ning sovg‘alariga ega bo‘ling. Tanlov haqida Potrebiteli.uz saytidan batafsil bilib olishingiz mumkin!Blits-so‘rov 19-iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.
Mahsulot sertifikatlangan.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)